AsosiyJamiyat

9 kun avval “COVID-19” tasdiqlangan qibraylik 67 yoshli ayol vafot etdi

'9 kun avval “COVID-19” tasdiqlangan qibraylik 67 yoshli ayol vafot etdi'ning rasmi

Qibray tumanida yashovchi 67 yoshli U.A.da (ayol) o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 

Ayolda joriy yil 10 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Toshkent shahridagi 1 – sonli klinik shifoxonaga olib kelinib, reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.

16 iyul kuni esa o`tkir nafas etishmovchiligi kuzatilgani sababli sun`iy o`pka ventilyasiyasi apparatiga olingan. Unga “COVID-19” infeksiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan.  

Xastalik o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, diabetik ensefalopatiya, diabetik nefropatiya asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kabi homroh kasalliklar bilan ham og`rigan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor vafot etgan.  

    Boshqa yangiliklar