Ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan Feysbukda O`zbekiston shifokorlari tomonidan yana bir chellenj boshlandi. Ya`ni imkoni bor terapevtlar, kardiologlar va pediatrlar bepul onlayn konsultasiya o`tkazishmoqda. Tibbiy maslahatga ehtiyojingiz bo`lsa, quyidagi raqamlarga qo`ng`iroq qiling.
Iloji bo`lsa uydan chiqmang. Hozirda poliklinikalarga va xususiy klinikalarga borish ham juda xavfli.
PEDIATR
Assalomu alaykum. Mening ismim Muhammadsanjar. Men vrach Pediatrman. Karantin vaqtida yurtdoshlarimiz bolalari shamollash va shunga uxshash kasalliklar bilan qiynalmoqdalar. Shuning uchun faqat karantin vaqtida Olloh uchun BEPUL ONLAYN konsultasiya utkazmoqdaman. Iltimos, faqat muxtoj qiynalgan oilalar telefon qilishsin, chunki uziga to`q oilalar shifokor ko`rigiga bora olishadi.
Telefon: +998931813191
KARDIOLOG
Assalomu alaykum. Mening ismim Xusniddin. Men kardiolog shifokorman.Hozirgi karantin vaqtida vatandoshlarimiz shifoxonalarga yetib borish va shifokorga murojat qilishga qiynalishmoqda. Shuni inobatga olib, sizga bir taklif bilan murojat qilayapman.
Men kardiolog shifokor sifatida xalqimizga kuldan kelgancha yordam bormoqchiman. Karantin davrida shifoxonaga borolmayotgan vatandoshlarimizga telefon orqali onlayn tarzda MUTLAQO BEPUL tibbiy maslahatlar bermoqchiman.
Telefon: +998935167200
GINEKOLOG
Shoshilinch ginekologik muammolar bo`lsa savollaringizni @Yakubjonov_X manziliga yuborishingiz mumkin. Imkon qadar, vaqt topib javob yozaman.
Ushbu xabarni imkoni boricha telegram tarmoqlarga tarqating. Yordamga zarur insonlar bo`lsa murojaat qilsin. Yana bepul tibbiy maslahat beruvchi shifokorlarning telefon raqamlarini berib boramiz.






