AsosiyJamiyat

JSST tomonidan samarasiz deb topilgan «Gidroksixloroxin» dorisi O`zbekistonda nega tavsiya qilinmoqda?

'JSST tomonidan samarasiz deb topilgan «Gidroksixloroxin» dorisi O`zbekistonda nega tavsiya qilinmoqda?'ning rasmi

Avvalroq O`zbekistonda koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlar bepul dori-darmon bilan ta`minlanishi, ularning orasida «Gidroksixloroxin» preparati borligi tarmoqlarda bir qancha bahslarga sabab bo`lgan edi.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Feruza Hamroboeva ushbu e`tirozlarga munosabat bildirib o`tdi.

Jumladan, aholining «Gidroksixloroxin»ni koronavirus infeksiyasini davolashda qo`llash noto`g`riligi ma`lum qilindi. Chunki kasallikka qarshi ko`rsatmalari ko`p ekan. Lekin nega bu preparat davolash protokoliga kiritilgan?, degan savoliga mutaxassis quyidagicha javob bergan.

«Gap shundaki, biz o`zimizning konsultativ vebinarlarimizni asosan Xitoy bilan olib boryapmiz. Chunki bu virus qayd etilgan ilk hudud, ularning tajribasi ko`proq va dastlabki kunlardanoq ularning tajribasini qo`llab kelyapmiz. Bemorlarni davolash jarayonida bu yaxshi natija bergan. Agar bunday olib qaralsa, qo`llashga qarshi holatlar qaysi kuchli ta`sirga ega dorilarda yo`q deysiz? Albatta, hammasida bor. Ammo biz doim foyda nojo`ya ta`siridan ko`proq bo`lsa, tajribamizda amaliy ifodasini topsa, qo`llaymiz. Buning ustiga aytishim kerakki, klinik protokol bu bir umrlik hujjat emas, u doim qayta ko`rib chiqiladi olinadigan ma`lumotga qarab. Qaysidir preparatlar kiritiladi, boshqalari chiqariladi»,— deya savolga javob berdi Feruza Hamroboeva.

Hamroboeva tilga olgan Xitoydagi tadqiqotlar bezgakka qarshi dori pnevmoniya rivojlanishini to`xtatishda, o`pka holatini yaxshilashga va kasallik davomiyligini qisqartirishga samarali ta`sirini ko`rsatgani aniqlangan. Tadqiqot mualliflari, koronavirusni davolash uchun har kuni 500 mg «Xloroxin»ni 10 kun davomida qabul qilish etarliligini ta`kidlagan.

Shuningdek, 2020 yil fevral oyida fransuz olimlari yangi koronavirusga qarshi ikkita mavjud dori preparatlari: «Gidroksixlorin» va «Azitromisin»ning kombinasiyasidan foydalanishning klinik tajribasi muvaffaqiyatli natijasi to`g`risida ma`lum qilgan. Fransuz olimlari «Gidroksixloroxin» preparatini alohida va antibiotik ta`sirga ega «Azitromisin» bilan birga COVID-19’ni davolash uchun birinchi marta klinik tajribadan o`tkazgan. Davolashning 5-kunida barcha bemorlarda koronavirusga test tahlili manfiy natija ko`rsatgan, ya`ni 5 kun ichida klinik tajribadagi barcha bemorlar koronavirusdan sog`aygani ta`kidlandi.

Ma`lumot uchun, «Gidroksixlorin« bezgak va revmatologik kasalliklarga qarshi preparatdir. U xinin (xloroxin) moddasining sintetik analogi asosida tayyorlanadi. Tibbiyotda undan 1955 yildan buyon foydalaniladi.

    Boshqa yangiliklar