AsosiyJamiyat

Toshkentlik 39 yoshli erkak koronavirus asoratlari sababli vafot etdi

'Toshkentlik 39 yoshli erkak koronavirus asoratlari sababli vafot etdi'ning rasmi

SSV: Yunusobod tumanida yashagan 39 yoshli M.R (erkak)da 6 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unda “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir miokard infarkti, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, poliorgan etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar