AsosiyJamiyat

Uchtepada 30 yoshli qiz “Malibu” olib beraman deb, dugonasini 30 ming AQSh dollariga "uxlatib" ketdi

'Uchtepada 30 yoshli qiz “Malibu” olib beraman deb, dugonasini 30 ming AQSh dollariga "uxlatib" ketdi'ning rasmi

Uchtepa tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko`ra, 9 iyun kuni 26 yoshli Nargiza Yu. tanishi 30 yoshli Elnora Ya.ga salondan “Malibu” rusumli avtomobil xarid qilishda yordam berishini va`da qilgan, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Buning uchun Nargiza 30.000 AQSh dollari olgan, ammo va`dasida turmasdan, pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Mazkur fakt profilaktika inspektori B. Mustaboev tomonidan aniqlandi. 

Qizga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar