AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusning navbatdagi qurboni toshkentlik 60 yoshli ayol bo`ldi

'O`zbekistonda koronavirusning navbatdagi qurboni toshkentlik 60 yoshli ayol bo`ldi'ning rasmi

SSV O`zbekistonda koronavirusning navbatdagi qurboni haqida xabar berdi.

Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 60 yoshli F.T. (ayol)da joriy yil 8 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Bemorda kasallik sepsis, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, poliorgan etishmovchilik kabi asoratlar bilan kechgan.  

Shuningdek, u yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiya, qandli diabet kabi hamroh xastaliklar bilan ham og`rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar