AsosiyJamiyat

Harorat ko`tarilishi nimaning belgisi va u odam uchun qanchalik xavfli?

'Harorat ko`tarilishi nimaning belgisi va u odam uchun qanchalik xavfli?'ning rasmi

Mass−media fondi, Kun.uz va Milliy telekanali hamkorligida kunlik yangi loyiha – «Tez yordam» ko`rsatuvi efirga uzatila boshlandi. Uning boshlovchisi Dastur boshlovchisi — koronavirusni o`z boshidan o`tkazgan, Mass−media qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fond raisi  Komil Allamjonov. 

Loyihaning ilk sonida immunolog-infeksionisti, tibbiyot fanlari nomzodi Aziza Xo`jaeva COVID-19’da tana harorati ko`tarilishi haqida so`z yuritdi.

«Tana haroratining ko`tarilishi – organizmning kasallikka universal reaksiyasidir. Sog`lom tana O`RVI, gripp, koronavirus kabi kasalliklarda o`z kurashuvini isitma orqali namoyon qiladi. Bu paytda organizmning immun tizimi virus bilan kurashish uchun interferon ajratib chiqaradi. Interferon esa virusni yo`qotish uchun harakat qiladi.

Isitma tushirildimi, demak, virusning ko`payishi uchun qulay muhit qilib berildi, chunki interferonning ajralib chiqishi susayadi.

Tana haroratining 38 darajagacha ko`tarilishi xavfsiz. Ammo 38 darajadan ko`tarila boshlasa, keyin parasetamol yoki boshqa dori berish mumkin.

Shuningdek, bemor turli sabablar bilan (surunkali kasalliklarning mavjudligi, organizmning o`ziga xosligi, yosh bolalar) isitmani og`ir kechirsa, o`zini o`ta noxush his qilsa, isitma tushiruvchi dori berish kerak bo`ladi», – deydi mutaxassis. 

    Boshqa yangiliklar