AsosiyJamiyat

Shu hafta O`zbekistonga kislorod konsentratorlari olib kelinadi, kerak bo`lsa maxsus samolyot ajratiladi

'Shu hafta O`zbekistonga kislorod konsentratorlari olib kelinadi, kerak bo`lsa maxsus samolyot ajratiladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev pandemiyaga qarshi kurash ishlarining tanqidiy tahliliga bag`ishlagan yig`ilish o`tkazmoqda. 

Shavkat Mirziyoev kislorod konsentratorlarini O`zbekistonga olib kelish uchun maxsus samolyot ajratish haqida ko`rsatma berdi.

Chet davlatlarda o`pka yallig`langan har bir bemor uchun zudlik bilan kislorod konsentratorlariga maxsus niqoblar kiygizish orqali havo olishini engillashtirib, qo`liga pulsoksimetr taqilmoqda va bu bilan bemorning nafas etishmovchiligi bartaraf qilinmoqda.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, yig`ilishda bosh vazir Abdulla Aripovga mazkur tibbiyot jihozlarini imkon qadar qisqa muddatlarda O`zbekistonga etkazish bo`yicha topshiriq berilgan.

«Buning uchun, agar kerak bo`lsa, maxsus samolyot ajratilishi, tadbirkorlar tomonidan kislorod konsentratorlarini O`zbekistonga olib kirish tartib-taomillarini engillashtirish choralari ko`rilishi lozimligi qayd etildi», — deyiladi rasmiy axborotda.

    Boshqa yangiliklar