AsosiyJamiyat

Shifokorlarga, albatta, puli beriladi, kerak bo`lsa 40 foizi oldindan to`lanadi — Behzod Musaev

'Shifokorlarga, albatta, puli beriladi, kerak bo`lsa 40 foizi oldindan to`lanadi — Behzod Musaev'ning rasmi

Bugun Xalqaro press-klub O`zbekistonda koronavirus tarqalishi bilan bog`liq vaziyatni tahlil qilish uchun navbatdagi sessiyasini tashkil etdi. Unda Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev ishtirok etdi. 

Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahrida 83 ta PSR laboratoriyasi o`rnatildi. Barcha viloyatlarda esa kamida 5 tadan PSR laboratoriyasi o`rnatilgan. Toshkent shahrida Tez yordam mashinalari 250 ta etkazildi. Shu haftaning yakuniga qadar 300 taga chiqariladi.

"Koronavirus bilan shug`ullanuvchi hamshiraga 14 kun uchun 5 mln, shifokorlarga 25 mln, kichik shifokorga 15 mln miqdorda mablag` belgilandi. Ushbu amaliyotni amalga oshirgan hech bir shifokor to`lovsiz qolib ketmaydi. Shifokorlarga ishini bajarib bo`lgach albatta puli beriladi, kerak bo`lsa pulini 40 foizi oldindan beriladi", - dedi Bosh vazir o`rinbosari.

    Boshqa yangiliklar