Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, “Mahalla” telekanali koronavirus bo`yicha keng ma`lumot berib boradigan kanalga aylantirildi.
Joriy yilning 20 iyulidan mamlakat aholisini, jumladan olis aholi punktlarini raqamli signal bilan to`liq qamrab oluvchi va dunyoning 24 davlatida yo`ldosh orqali ko`rsatuvlarini namoyish etuvchi «Mahalla» telekanalida har kuni viloyat hokimlari, mahalliy hokimiyat rahbarlari ishtiroklaridagi brifinglar efirga uzatiladi.
Mazkur tadbirlarda aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida hududlardagi epidemiologik vaziyat va uni barqarorlashtirish bo`yicha ko`rilayotgan choralar to`g`risida tushuntirishlar beriladi.






