2020 yil 19 iyul kuni inspeksiyaning Teleradioeshittirish bo`limi boshlig`i lavozimida ishlab kelgan Saidov Kozim Qosimovich bevaqt olamdan o`tdi.
Saidov Kozim Qosimovich – 1969 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Mehnat faoliyatini 1989 yilda boshlab, “Respublika radioeshittirish va ovoz yozish uyi”, O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Ommaviy kommunikasiyalar sohasidagi monitoring markazida turli lavozimlarda ishlab, boshliqning birinchi o`rinbosarigacha bo`lgan yo`lni bosib o`tgan, O`zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasida ham turli yuqori lavozimlarda ishlagan. 2019 yildan buyon Teleradioeshittirish bo`limi boshlig`i sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgandi.
darakchi.uz marhumning oila-a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi!






