AsosiyJamiyat

Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi 51 yoshli erkak koronavirusning navbatdagi qurboni bo`ldi

'Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi 51 yoshli erkak koronavirusning navbatdagi qurboni bo`ldi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi 51 yoshli V.T. (erkak)da joriy yil 5 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.  

Unga “COVID-19” infeksiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik sepsis, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, poliorgan etishmovchilik kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiyasi hamroh kasalliklari bilan ham og`rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

 

    Boshqa yangiliklar