RMKning qaroriga asosan 2 hafta shanba va yakshanba kunlari avtomobillar harakati qat`iy cheklanishi ma`lum qilingan edi.
Joriy qilingan cheklovlar yuzasidan ichki ishlar organlari va hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda olib borilgan targ`ibot-tashviqot ishlari hamda tushuntirish va ogohlantirishlarga qaramay, Toshkent viloyati bo`yicha jami 245 (shanba kuni-132, yakshanba kuni-113) nafar haydovchilar o`zlari va o`zgalar hayoti va sog`ligini xavfga qo`yib, qolaversa, karantin qoidalarini buzgan holda ikki kun (shanba va yakshanba)da ham harakatlanishni davom ettirgani aniqlanib, tegishli chora ko`rilib avtotransportlar jarima maydoniga qo`yildi.
Toshkent viloyati IIBB YHXB Matbuot guruhi rahbari katta leytenant Rustam Askarovning ta`kidlashicha, ushbu qoida buzgan haydovchilarning asosiy qismi Bo`stonliq, Yuqori Chirchiq va Bekobod tumanlari hududiga to`g`ri keladi.
Eslatib o`tamiz: RMKning qaroriga asosan, shanba va yakshanba (18-19 iyul va 25-26 iyul) kunlari respublika miqyosida avtotransport vositalari, shu jumladan, yo`nalishsiz taksilar harakati to`liq to`xtatilishi e`lon qilingan edi.
Shanba va yakshanba kunlari quyidagi 2 toifa avtomashinalarga harakatlanish uchun ruxsat beriladi:
- maxsus ruxsatnoma (stiker)lari bor bo`lgan avtotransportlar;
- maxsus ruxsatnoma (stiker)siz yurish huquqiga ega bo`lgan avtotransportlarga.
Shuningdek, aholiga – "o`zini o`zi yakkalash" hayot tarziga qat`iy rioya etgan holda o`z uylarida qolish;
- davlat organlari va muassasalari, xo`jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga – xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish belgilangan.






