AsosiyJamiyat

EOIIda mehnat migrasiyasi bo`yicha maxsus tizim yaratish taklif etildi

'EOIIda mehnat migrasiyasi bo`yicha maxsus tizim yaratish taklif etildi'ning rasmi

Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududida mehnat migrasiyasi bo`yicha maxsus axborot tizimini yaratish taklif etildi.

"Bunday tizimni yaratish muhim hamda bo`sh ish o`rinlarini qidirish uchun raqamli loyihani ishlab chiqishda Evroosiyo taraqqiyot bankining ishtiroki foydalidir», deya ta`kidlagan Rossiya bosh vaziri M.Mishustin Minsk shahrida bo`lib o`tgan Evroosiyo hukumatlararo kengashi yig`ilishida.

Ma`lum qilinishicha, Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi tomonidan «Chegarasiz ish» yagona qidiruv tizimi loyihasi ustida ish olib borilmoqda.

Ushbu loyiha Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a`zo davlatlar bo`sh ish o`rinlari va ish beruvchilari haqidagi ma`lumotlarni o`zida jamlaydi.

    Boshqa yangiliklar