Ma`lumki, bugungi sinovli kunlarda tibbiyot xodimlarining malakali yordamiga har qachongidan talab va ehtiyoj ortgan.
Davlat rahbarining topshirig`iga asosan, Toshkent shahrida ham koronavirusga qarshi kurashish maqsadida davolash-profilaktika muassasalarida qo`shimcha o`rinlar tashkil etilmoqda, aholini shifoxona sharoitida davolash imkoniyatlari qayta ko`rib chiqilib, bu ishga qo`shimcha manbalar, zaxiralar jalb qilinmoqda.
Hozirda poytaxtimizdagi tibbiyot muassasalarda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari qatori ma`lum sabablarga ko`ra, boshqa sohalarda xizmat qilayotgan yoki vaqtincha ishsiz bo`lgan tibbiy ma`lumotga ega fuqarolarimiz bor.
Pandemiyaga qarshi kurash ishlarini yanada sifatli va samarali olib borish maqsadida barcha tibbiyotchilarni yuqori maoshli zaxira ish o`rinlariga ishga taklif qilamiz, deya e`lon bermoqda Toshkent shahar hokimligi.
Murojaat uchun: 71 210 02 02 (Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari majmuasi)






