AsosiyJamiyat

2020 yil Davlat dasturining olti oylik yakunlari bo`yicha hisobotdan "Milliy tiklanish" qanday e`tiroz bildirmoqda?

'2020 yil Davlat dasturining olti oylik yakunlari bo`yicha hisobotdan "Milliy tiklanish" qanday e`tiroz bildirmoqda?'ning rasmi

O`zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasi fraksiyasi a`zolari Hukumat tomonidan 2020 yil Davlat dasturining olti oylik yakunlari bo`yicha hisobotini tingladi. Bu haqda Partiya etakchisi Alisher Qodirov ma`lum qildi:

"Hozirgi murakkab sharoitda Hukumat tomonidan olib borilayotgan samarali faoliyatni e`tirof etish bilan bir qatorda ayrim masalalarda e`tirozlarimizni etkazdik:

1) “Investisiyalar va investisiya faoliyati to`g`risida”gi Qonunda investorlarga kiritilgan investisiyalari uchun kafolatli muddat taqdim qilingan, lekin qabul qilingan yangi tahrirdagi Soliq kodeksida barcha imtiyozlar bekor qilingan. Ushbu masalada Investisiya va tashqi savdo vazirligi tomonidan mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy investorlar orasida paydo bo`lgan xavotirni bartaraf etish bo`yicha aniq choralar ko`rilmayapti;

2) 315 ta umumta`lim maktablarida qurilish ta`mirlash ishlarini olib borish uchun 1,2 trln.so`m mablag` ajratilgan. Ushbu maktablarning barchasida loyiha ishlari yakunlangan va 295 tasida tender o`tkazilgan. Shu bilan birga, ajratilgan mablag`ning 377,8 mlrd.so`m qismi o`zlashtirilgan, xolos. Bugungidek qulay sharoit, ya`ni o`quvchilarni maktablarda emasligi paytida qurilish-ta`mirlash ishlarini yakuniga etkazib olish uchun nima xalaqit bermoqda? Yoki o`quvchilar maktabga qaytganidan keyin, ularni sarson-sargardon qilib qurilish qilish kerakmi?

3) “Reklama to`g`risida”gi qonun ijrosi ta`minlamayapti. Sohada qo`pol qonunbuzishlar odatiy holga aylanib qoldi. Sohaning nazorati amaldagi qonunda ko`zda tutilgan bo`lishiga qaramasdan mahalliy hokimliklar tomonidan nazorat qilinmayapti, chunki Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan nazorat Vazirlar Mahkamasiga o`tkazilgan. Bu soha allaqachon monopoliya emas, lekin hanuzgacha monopoliyadek munosabatda bo`linmoqda. Nosog`lom raqobat muhiti yuzaga kelgan. Bu sohadagi muammolar bo`yicha alohida Parlament eshituvi tashabbus qilishni maqsadga muvofiqligi ta`kidlandi",  — bir nechta etirozlar bilan chiqqan "Milliy tiklanish" partiyasi.

    Boshqa yangiliklar