Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimlari bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi Nukus shahrida tezkor tadbir o`tkazildi.
Davlat Bojxona Qo`mitasi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, tezkor tadbir davomida fuqaro D.I. shartli xaridorga 80 dona “Samyun Wan” nomli sifati kafolatlanmagan bioaktiv qo`shimchalarni sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






