2020-2021-o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish rasman yakunlanganini ma`lum qilamiz, deya xabar qildi DTM.
Ro`yxatga olish 20 iyundan 20 iyulga qadar barcha hududlarda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti https://abitur.dtm.uz/login va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali https://my.gov.uz/oz orqali, respublikamizning 8 ta tumanida esa Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirildi.
Ro`yxatdan o`tgan jami abiturientlar 1 484 085 nafarni tashkil etdi.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 536 144 nafar (36,13 %).
✅ Ta`lim shakli bo`yicha:
👉 Kunduzgi ta`lim shakli – 798 608 nafar (53,81 %);
👉 Sirtqi ta`lim shakli – 648 733 nafar (43,71 %);
👉 Kechki ta`lim shakli – 36 744 nafar (2,48 %).
✅ Tillar kesimida:
👉 O`zbek tili – 1 297 445 nafar (87,42 %);
👉 Rus tili – 139 115 nafar (9,37 %);
👉 Qoraqalpoq tili – 44 279 nafar (2,98 %);
👉 Boshqa tillar – 3 246 nafar (0,22 %).






