AsosiyJamiyat

Bugundan MTRK tizimidagi "Oilaviy" telekanalining ham faoliyat yo`nalishi o`zgardi

'Bugundan MTRK tizimidagi "Oilaviy" telekanalining ham faoliyat yo`nalishi o`zgardi'ning rasmi

Joriy yilning 20 iyulidan keng qamrovli va dunyoning o`nlab davlatlarida namoyish etiladigan “OILAVIY” telekanalida har kuni soat 10.00dan boshlab “COVID-19: DOLZARB SAVOLLAR” dasturi to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatila boshlandi.  

Malakali mutaxassislar, mutasaddilar hamda SSV Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zolari jonli efirda bugunning dolzarb mavzusi – koronavirus pandemiyasi bilan bog`liq istalgan savollarga bevosita javob beradi.  

Telegramdagi @mtrk_COVID_19 manziliga savol yo`llash imkoni mavjud. Shuningdek, jonli efir paytida tomoshabinlar o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan 71-214-13-72, 71-214-14-40 telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin. Hech bir savol e`tiborsiz qoldirilmaydi.  

 “Oilaviy” telekanali e`lonlarini kuzatib boring, yangiliklar va zarur tafsilotlardan muntazam xabardor bo`ling.

Avvalroq, pandemiya sharoitidan kelib chiqib, “Mahalla” telekanali koronavirus bo`yicha keng ma`lumot berib boradigan kanalga aylantirilgani haqida xabar bergandik.  

    Boshqa yangiliklar