AsosiyJamiyat

Alisher Qodirov viruslarni aniqlash va ular bilan kurashishda Isroilning tajribasini tavsiya qildi

'Alisher Qodirov viruslarni aniqlash va ular bilan kurashishda Isroilning tajribasini tavsiya qildi'ning rasmi

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziya kengashi raisi Alisher Qodirov  Viruslarni aniqlash va ular bilan kurashishda Isroil davlatidagi tajribasini o`rganish kerakligi haqida ta`kidladi.

"Ular 2020 yilning 1 sentyabrigacha barcha kiruvchilar uchun chegaralarini yopdi. Nimaga? Chunki ichkariga kirgan har bir inson virusning yangi,  borayotgan joyidagi muhitga moslashmagan tipini olib kirishi mumkin. Bu yangi to`lqin degani.  

Payg`ambarimiz (s.a.s) ham “Vabo tarqalgan joyga bormangiz, agar turgan joyingizda vabo bo`lsa u erdan ketmangiz” deb bekorga aytmaganlar.  

Xorijdan vatandoshlarimizni olib kelishni to`xtatish, ularni turgan mamlakatlarida davolanishlarini moliyalashtirish haqida o`ylashimiz kerak. Bu birinchi navbatda o`sha vatandoshimizning qarindoshlariga, qolaversa butun O`zbekistonga yaxshilik bo`ladi.  

Yana bir yangi shtamm xalqimiz uchun juda og`ir bo`ladi" deydi Qodirov

    Boshqa yangiliklar