1

Namanganda “Xalq banki” xodimlari 11 nafar fuqaro nomidan 200 mln so`mlik kredit mablag`larini o`zlashtirib olishdi

Jinoyat 21.07.2020, 15:15
Namanganda “Xalq banki” xodimlari 11 nafar fuqaro nomidan 200 mln so`mlik kredit mablag`larini o`zlashtirib olishdi

Namangan shahrida 11 nafar fuqarolarning xabardorligisiz 200 mln so`mlik kredit mablag`lari o`zlashtirgan bank xodimlarining faoliyati fosh etildi. Bu haqda Darakchiga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.D.” MChJ rahbari D.I. AT “Xalq banki” Namangan viloyati filiali mansabdor shaxslari bilan oldindan til biriktirib, rasmiy hujjatlarni takroran qalbakilashtirish orqali 11 nafar fuqarolar nomiga ularning xabardorligisiz 200 mln so`mlik kredit mablag`larini ajratilishiga erishishgan. Ushbu mablag`larni jamiyat hisob raqamiga o`tkazib, o`zganing juda ko`p miqdordagi mulkini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari D.I. va filial mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1