AsosiyJamiyat

Koronavirusdan gumonlanayotganlar uchun “O`zekspomarkaz”da tashkil etilgan maxsus markazga shifokorlar ishga chaqirilmoqda

'Koronavirusdan gumonlanayotganlar uchun  “O`zekspomarkaz”da tashkil etilgan maxsus markazga shifokorlar ishga chaqirilmoqda'ning rasmi

Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi “O`zekspomarkaz”da koronavirus xastaligiga gumon qilinayotgan bemorlarni tekshiruv va tahlildan o`tkazish uchun maxsus 500 o`rinli Taqsimlash markazi tashkil etildi.

Toshkent shahar hokimligi tomonidan mazkur yangi quvvatni ishga tushirish uchun tibbiyot xodimlari ishga jalb qilinmoqda.

Ish 15 kunlik navbatchilik tartibida tashkil qilinadi hamda xodimlarga quyidagi umumiy hisobdan:  

🔸 vrachlarga 15 000 000 so`m;

🔸 hamshiralarga 10 000 000 so`m;

🔸 kichik tibbiyot xodimlariga 5 000 000 so`m;

🔸 ko`ngillilarga  5 000 000 so`m  

kunlik tartibda ish haqi to`lanishi aytilmoqda.   

Ish vaqti 12 soatdan iborat bulib, 8 soat ish, 4 soat dam olish vaqti ko`zda tutilgan.

Va`da berilishicha, tibbiyot xodimlari tibbiy himoya vositalari bilan ta`minlanadi. Xodimlarga yotoqxona va ovqatlanish to`liq tashkil qilingani holda, maoshlari har kuni to`lab boriladi.

Batafsil ma`lumot uchun quyidagi telefon  raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: 71 210 02 02, 71 210 02 31

    Boshqa yangiliklar