AsosiyJamiyat

Dorixonalarda dorilarni narxi sun`iy ravishda oshirilgan bo`lsa, qaerga murojaat kilish kerak?

'Dorixonalarda dorilarni narxi sun`iy ravishda oshirilgan bo`lsa, qaerga murojaat kilish kerak?'ning rasmi

Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:

" - Hozirgi kunda dorixonalarda sotilayotgan dori vositalari narxlari oshib ketishining oldini olish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida topshiriqlariga muvofiq, joylardaga to`rtta sektor rahbarlariga ushbu holatlarning oldini olish bo`yicha nazorat yuklatilgan.

Ushbu sektorlar nafaqat dori-darmonlar narxining oshib ketishi, balki, etarli miqdorda ularning zahirasini yaratish ustidan ham nazorat olib boradilar.

Siz iste`molchi sifatida bu kabi holatlarning guvohi bo`lsangiz tegishliligi bo`yicha Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (1159, 71-207-46-00)ga murojaat qilishingiz mumkin."

    Boshqa yangiliklar