AsosiyJamiyat

Matbuot kotibi universitet prorektori etib tayinlandi

'Matbuot kotibi universitet prorektori etib tayinlandi'ning rasmi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining yoshlar va ma`naviyat masalalari bo`yicha prorektori lavozimiga Madrahimova Feruza Ro`zimbaevna tayinlandi.

Bunga qadar ushbu lavozimda Ko`ysinov Odil Almuratovich faoliyat yuritgan. Hozirda O.Ko`ysinov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig`ining o`rinbosari etib tayinlangan.

F.Madrahimova ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "O'zbekiston" telekanali bosh muharriri o`rinbosari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig`i matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan. Falsafa bo`yicha PhD doktori.

    Boshqa yangiliklar