AsosiyJamiyat

Amur viloyatidagi tartibsizlik tashkilotchilari hibsga olindi

'Amur viloyatidagi tartibsizlik tashkilotchilari hibsga olindi'ning rasmi

Rossiyaning Amur viloyatida joylashgan “Gazprom”ning Amur gazni qayta ishlash zavodida 13 iyul kuni yuz bergan tartibsizliklarning 11 nafar “faol” ishtirokchisi hibsga olindi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.

Tergov qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston fuqarolari, ya`ni pudratchi tashkilot xodimlari o`rtasida patent uchun to`lovlarni amalga oshirish manbalari bo`yicha o`zaro kelishmovchiliklar sabab ushbu tartibsizlik kelib chiqqan.

Mazkur holat yuzasidan Amur viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 213-moddasi 2-qismi (bezorilik), Hududiy tergov qo`mitasi tomonidan Jinoyat kodeksining 212-moddasi 2-qismi (ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish) bo`yicha jinoiy ishlar qo`zg`atilganligi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar