1

Pandemiya sharoitida turli jinoyatlar nega ko`paymoqda?

Jinoyat 21.07.2020, 19:20
Pandemiya sharoitida turli jinoyatlar nega ko`paymoqda?

Oliy sud raisi o`rinbosari Ikrom Muslimov 2020 yilning birinchi yarmida qo`shmachilik qilish, fohishaxona saqlash, transport vositalari harakati va ulardan foydalanish qoidasini buzish, firibgarlik, o`g`rilik, giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlari oshganini ma`lum qildi.

«2020 yilning birinchi yarmi davomida 12748 nafar shaxs sudlangan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2019 yilda 14733 tani tashkil qilgani joriy yilning 1-yarmida sudlanganlar soni 1985 taga yoki 13,5 foizga kamayganini ko`rsatadi.

Biroq tahlillar jinoyat turiga qarab baho berganda voyaga etmagan va mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta`minlash, oddiy qilib aytgan, aliment undirish masalalari bo`yicha 332 taga, qo`shmachilik qilish, fohishaxona saqlash jinoyatlari 38taga, bezorilik jinoyatlari 174 taga, shuningdek, transport vositalari harakati va ulardan foydalanish qoidasini buzish 22 foizga, firibgarlik 14,2 foizga, o`g`rilik 11,2 foizga, giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlari 6,2 foizga oshganini ko`rish mumkin», dedi Ikrom Muslimov.

Oliy sud mulozimining ta`kidlashicha, 2020 yilning birinchi yarmida respublika sudlari tomonidan 400613 ta, xususan, jinoyat ishlari bo`yicha sudlar tomonidan 48625 ta ish ko`rilgan. Shu jumladan 17251 nafar shaxsga nisbatan 13990 ta jinoyat ishi, shuningdek, 34635 ta boshqa turdagi materiallar ko`rilgan.

«Boshqa turdagi materiallar deganda nimani tushunamiz? Jazo o`tash jarayonida tuzalish yo`liga o`tgan shaxslarni qonunda ularga nisbatan tayinlangan jazosini engillashtirish, engilroq jazoga aylantirish, jazo o`tash tartibini engilrog`iga almashtirish, qolaversa, shartli ravishda bunga ishonch bildirgan holda ustidan jamoatchilik nazoratini o`rnatgan holda ozodlikka chiqarish masalalari ko`rib chiqilishi mumkin. Mana shu toifadagi 34635 nafar shaxsga nisbatan materiallar ko`rib chiqilgan.

Shuningdek, respublikaning ma`muriy sudlari tomonidan yarim yil davomida 177463 ta ish ko`rilgan. Shundan 183137 nafar shaxsga nisbatan 149684 ta ma`muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko`rilgan. Shuningdek, 6871 ommaviy-huquqiy masalalarga bag`ishlangan arizalar ko`rib chiqilib, qonuniy hal qilingan», deydi Ikrom Muslimov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1