AsosiyJamiyat

IIV podpolkovnigining koronavirusdan vafot etgani malum qilindi

'IIV podpolkovnigining koronavirusdan vafot etgani malum qilindi'ning rasmi

SSV xabariga ko`ra bemorning bir qator og`ir kechayotgan yondosh kasalliklari bo`lgan.

Xabarda aytilishicha Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 51 yoshli Z.S. bemor 17 iyul kuni IIV Markaziy gospitalining reanimasiya bo`limiga yotqizilgan va 18 iyul kuni unda “COVID-19” tasdiqlangan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Bemorda kasallik o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Shuningdek, unda yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning o`ta og`ir kechishi, ikkala boldir arteriyalari okklyuziyasi, chap son yonbosh arteriyasi stenozi, surunkali pankreatit kabi hamroh xastaliklar bo`lgan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o`tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og`irlashib, mutaxassislar tomonidan to`liq hajmda, standart asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan u o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar