AsosiyJamiyat

O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish sohasida katta yo`qotish yuz berdi

'O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish sohasida katta yo`qotish yuz berdi'ning rasmi

2020 yil 20 iyul kuni “Radioaloqa, radioeshttirish va televidenie markazi” davlat unitar korxonasi Kapital qurilish bo`yicha direktori Abduazizov Alisher Abdushukurovich bevaqt olamdan o`tdi. Bu haqda Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi xabar qildi.

Abduazizov Alisher Abdushukurovich 1961 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Mehnat faoliyatini 1983 yilda boshlab, Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi «O`zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Respublika axborot-kutubxona markazi, Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida turli rahbarlik lavozimlarda faoliyat olib borgan hamda soha rivojiga ulkan hissa qo`shgan. Ayni kunga qadar «Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi» Kapital qurilish bo`yicha direktor lavozimida mehnat faoliyatini olib borayotgandi.

Alisher Abdushukurovich Abduazizov Aloqa va axborotlashtirish sohasining rivojiga katta hissa qo`shgan rahbarlardan biri bo`lib, mas`uliyatli, samimiy, o`z kasbining ustasi, jonkuyar va fidoyi inson edi.

Alisher Abdushukurovich o`zi faoliyat yuritgan barcha mehnat jamoalarida nafaqat rahbarlik jihatlari, balki insoniy fazilatlari bilan ham katta hurmatga sazovor bo`lgan inson edi. Ilohim ohiratlari obod bo`lsin!

“Radioaloqa, radioeshttirish va televidenie markazi” DUK mehnat jamoasi marhumning qarindosh va yaqinlariga, hamkasblariga chuqur ta`ziya va hamdardlik izhor etadi.

    Boshqa yangiliklar