AsosiyJamiyat

Mirzo Ulug`bek tumani Davlat soliq inspeksiyasi katta inspektori 400 AQSh dollari bilan qo`lga tushdi

'Mirzo Ulug`bek tumani Davlat soliq inspeksiyasi katta inspektori 400 AQSh dollari bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Yunusobod tumanida ishga kiritib qo`yish evaziga 400 AQSh dollari talab qilgan soliq xodimi ushlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan DXX bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Mirzo Ulug`bek tumani Davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarga xizmat ko`rsatish bo`limi davlat soliq katta inspektori K.J. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro Yu.M.ni Mirzo Ulug`bek tumani Davlat soliq inspeksiyasiga yordamchi vazifasiga ishga kiritib qo`yishi evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro K.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar