Tez tibbiy yordamning «Call-center»idagi shtatlar ko`paytirilib, ko`ngillilar bilan to`ldirildi. Bu haqda Toshkent shahar prokurori Bahriddin Valiev tomonidan «Xalqaro press-klub»ning navbatdagi sessiyasida ma`lum qilindi.
Barcha ko`ngillilarga oylik ish haqi belgilangan. Shuningdek, qabul qilingan har bir qo`ng`iroqqa 1500 so`m miqdorida bonus belgilangan. Agar qo`ng`iroq qilgan fuqaro suhbatdan ko`ngli to`lib, oxirida minnatdorlik bildirsa, yana 500 so`m bonus qo`shib beriladi.
Shuningdek, Toshkent shahrida «103» - Tez tibbiy yordam xizmatidagilar uchun ham bonus joriy qilingan. Agar 3 kishilik jamoa chaqiruvga borganidan so`ng, fuqarolar ular ko`rsatgan xizmatdan rozi bo`lib, minnatdorligi haqida kichik so`rovnomani to`ldirib bersa, Tez tibbiy yordam jamoasiga 100 ming so`m bonus beriladi.






