Kecha Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi direktori Baxitbek Elmonov vafot etdi. Hozircha uning nima sababdan olamdan o`tgani haqida aniq xabarlar ma`lum qilinmayapti, deb yozadi xabar.
"48 yil umr ko`rgan B. Elomonov tashabbuskorligi va tinib-tinchimasligi bilan tilgan tushgandi. Nukus davlat pedagogika institutida ishlayotgan davrida o`sha paytning yoshlar tashkiloti bo`lmish «Kamolot» ijtimoiy harakatining faol a`zosi sifatida «Elegant» markazini ochgandi.
B.Elmonov ushbu oliy o`quv dargohida bo`lajak jurnalistlarga dars berish bilan birga o`zining jurnalistik faoliyatini ham havas qiladigan darajada olib bordi. U «Jaslar-TV» telekanali va «Nukus - FM» radiostansiyalarini tashkil qilgan.
2018 yildan e`tiboran Qoraqalpoq teleradiokompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi" deb yoziladi xabarda.
Marhumni O`zi rahmat qilsin, yaqinlariga chiroyli sabr bersin.






