Bu haqda AOKA zalida «2020-2021-o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish yakunlari, tahlil va xulosalar» mavzusida bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
Barno Rajabov, DTM bosh boshqarma boshlig`i:
— Test sinovlarini keyinga ko`chirish bo`yicha taklif berilgan. Karantin cheklovlari qachon bekor qilinsa, imtihon o`shanda o`tkaziladi. Agar 15 avgustda bekor qilinsa, 15 avgustdan keyin, 1 sentyabrda bekor qilinsa, 1 sentyabrdan keyin o`tkaziladi. Imtihonlar o`tkaziladigan joylar hali tasdiqlanmagan. Tasdiqlangandan keyin ma`lum qilamiz. Stasionarga aylantirilgan pavilonda imtihon o`tkazilmaydi. Test sinovlari uchun tanlangan joylar katta sig`imli inshoot bo`lishi aniq.






