AsosiyJamiyat

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga yangi boshliq tayinlandi

'Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga yangi boshliq tayinlandi'ning rasmi

Muhammadzokir Mamatxonov Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshlig`i etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.

Ma`lumot o`rnida:

Muhammadzokir Jo`raboevich Mamatxonov 1974 yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tug`ilgan. 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012 yilda Prezident akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

U 1998 – 2016 yillarda Pop, Chust, Norin tumanlari, Namangan shahri va Namangan viloyat davlat soliq inspeksiyalari, Namangan viloyati hokimligi va Uychi tumani hokimligida turli vazifalarda mehnat qilgan.

2016 – 2017 yillarda Yangiqo`rg`on tumani hokimi bo`lgan.

Mamatxonov 2018 yildan to shu kunga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i sifatida ishlab kelayotgandi.

 

 

    Boshqa yangiliklar