Andijonda 159,3 mln so`mlik byudjet mablag`lari talon-toroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar o`tkazilgan tekshiruvda, viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari “T.D.F” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, 326,4 mln so`m bo`lgan “gipoxlorid kalsiy 65%” dezinfeksiyalovchi vositasini 485,7 mln so`mga (o`rtacha bozor narxidan 159,3 mln so`mga qimmat) sotib olishib, juda ko`p miqdordagi byudjet mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan markazning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 va 205-moddalari jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






