Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasiga chalinib, uy sharoitida davolanayotgan insonlarning kislorod ballonlaridan foydalanishga urinayotgani bilan bog`liq turli xabarlar tarqalmoqda.
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi o`zining rasmiy kanali orqali uy sharoitida, tibbiyot xodimlari nazoratisiz kislorod ballonidan foydalanish mumkin emasligi haqida ogohlantirmoqda. Chunki, tibbiyot maqsadlarida ishlatiladigan siqilgan kislorodning xavfli omillari bor. Bu uning tez yonish xususiyati, yong`in va portash xavfi bilan bog`liq.






