1

1.000 AQSh dollari inson hayotiga zomin bo`ldi

Jinoyat 23.07.2020, 13:05
1.000 AQSh dollari inson hayotiga zomin bo`ldi

2020 yilning 20 iyul kuni soat 23:00 da Buloqboshi tumani Uchtepa MFY Bo`ston ko`chasida yashovchi 28 yoshli K.A., qo`shnisi 43 R.S., dan 1.000 AQSh dollari miqdoridagi qarzini so`rab kelgan vaqtida o`zaro janjallashib, janjal davomida K.A., tanishi 21 yoshli N.Q. hamda ukalari 25 yoshli A.A., voyaga etmagan 17 yoshli O.A., lar birgalikda R.S., ni o`sha erdagi yog`och tayoq bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati etkazganlar. Natijada R.S., olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda  O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Hodisa joyini ko`zdan kechirish davomida R.S., ga tan jarohati etkazilgan bir dona tayoq ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o`limiga olib kelgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha K.A., A.A. va N.Q., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda tartibida ushlanganlar.  Hozirda voyaga etmagan 17 yoshli O.A.,ning harakatlariga huquqiy baho berish choralari ko`rilmoqda, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1