Avval ma`lum qilganimizdek, ko`pchilik abiturientlarni qiziqtirayotgan savollarga javoblarni taqdim etishda davom etamiz.
Savol: testga kirishda abiturientning tana harorati baland bo`lsa, unda nima bo`ladi?
Javob: isitmasi borlar testga qo`yilmaydi, ular uchun barcha test jarayonlari tugagandan keyin, 4 kun o`tib, qayta test o`tkaziladi.
Savol: abiturient ayrim sabablarga ko`ra, karantinga olinib qolsa, unda nima bo`ladi?
Javob: agar o`zining test kunida karantinda bo`lsa, barcha testlar yakunlangandan 4 kun o`tib bo`ladigan qo`shimcha testga kirishi mumkin. Agar qo`shimcha test kunida ham karantinda bo`lsa, unda testdan qolib ketadi.






