Vaksina haqida juda ko`p gaplarni eshityapmiz: Rossiyada vaksina, Xitoydagi 2 yilga etadigan vaksina. Ular haqida ma`lumot bersangiz?
Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Sanitariya - epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:
"- Bugungi kunda butun dunyoning turli mamlakatlarida olimlar tomonidan pandemiyani kelib chiqishiga sabab bo`lgan koronavirus infeksiyasiga qarshi 300 xildagi vaksina sinovdan o`tkazilmoqda va bu boradagi izlanishlar yaqin kunlarda oxiriga etadi.
Vaksinalarni sinashni klinikagacha bo`lgan fazasi bugungi kunda tugallangan bo`lib, endi ularni sinashni klinik fazasiga o`tilgan.
O`z navbatida klinik fazalarning o`zi 3 ta fazadan iborat bo`lib, birinchi fazada bir nechta odamda, ikkinchi fazada har xil yoshdagi guruhlarda, ya`ni bolalar, kattalar va yoshi katta odmlarda o`tkaziladi. Va nihoyat uchinchi fazada mingdan ortiq odamlar sinovdan o`tkaziladi.
Vaksinalarni tezlik bilan sinovdan o`tkazishning o`zi 6 oy vaqtni oladi. Shu vaqt davomida immunizasiya qilingan odamlarda vaksinaning samaradorligi va nojo`ya ta`sirlari o`rganiladi."






