AsosiyJamiyat

Qozog`istonda yangi turdagi noma`lum pnevmoniya kasalligining avj olgani rostmi?

'Qozog`istonda yangi turdagi noma`lum pnevmoniya kasalligining avj olgani rostmi?'ning rasmi

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda Qozog`iston xududidan o`tkir virusli pnevmoniya kasalligi kirib kelganligi va o`lganlarning ham asosiy qismi aynan shu kasallik bilan og`riganlari to`g`risida xabarlar yuribdi. Bu gaplar qanchalik haqiqatga yaqin?

Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Sanitariya - epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:

Rasmiy xabarlarga ko`ra, iyun oyidan boshlab Qozog`istonda yangi turdagi noma`lum pnevmoniya avj olgani  va o`lim holatlari aynan shu pnevmoniya sababli ortgan.  

Shuning uchun   Butunjahon sog`liqni saqlash tashkilotining bir guruh ekspertlari pnevmoniyaga chalingan bemorlar soni keskin oshishi sabablarini o`rganish uchun Qozog`istonga kelishi ko`zda tutilgan.  

Ehtimol koronavirusga chalingan  bemorlar kechikib yordam so`ragan va ularda pnevmoniya alomatlari bordir, ammo Qozog`istonda pnevmoniya chaqiruvchi yangi o`tkir  virus  aniqlanganligi ilmiy laboratoriyalar tadqiqotlari asosida tasdiqlanmagan.

 

    Boshqa yangiliklar