Bu haqda O`zbekiston “Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov o`zining telegram sahifasida ma`lum qildi.
"- Shifokorlar bugun virus bilan jangning eng oldi qatorida ketishayapdi. 75 ming oliy va 400 mingdan ortiq o`rta ma`lumotga ega tibbiyot xodimlari hayotini xavfga qo`yib xalqimizni himoya qilish uchun kurashmoqdalar. Ularsiz bu kurash allaqachon boy berilgan bo`lar edi.
Statistika alohida ko`rsatmasligi mumkin, bugun ko`plab shifokorlarimiz o`z hayotlari uchun ham kurashmoqdalar. Vafot etayotganlar orasida shifokorlar kam emas.
Biz ularsiz nima qilamiz!?
Zudlik bilan, Toshkent shahri va viloyat markazlarida barcha sharoitlar yaratilgan shifokorlar uchun alohida reabilitasiya markazlari ochilishi kerak.
“Milliy tiklanish” partiyasi Inqirozga qarshi kurashish komissiyasiga taklifni tayyorlamoqda"
deyiladi partiya raisining izohida.






