AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi bir qator mas`ullarning karantinga olinganligi haqidagi xabarga oydinlik kiritildi

'Qashqadaryodagi bir qator mas`ullarning karantinga olinganligi haqidagi xabarga oydinlik kiritildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda viloyat, tuman va shahar hokimliklari hamda viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi mas`ullari karantinga olingani haqida xabarlar tarqaldi. 

Unda aytilishicha, viloyati hokimi Zoyir Mirzaevning Matbuot kotibi A.Sodiqov, Qarshi tumani hokimi M.Mustafoeva, viloyat SSB rahbari D.Tursunovlar karantinga olingan. 

Rasmiylar aslida holat qandayligi haqida ma`lumot berdi. 

Xabarda aytilishicha, xodimlar salomatligini saqlash maqsadida karantin hududlariga borgan mas`ullardan doimiy test olinadi. Bloger kanalida keltirilgan mas`ullar ham karantin hududidan qaytgach, xususiy klinika borib test topshirgan, xolos.  

Ma`lumot o`rnida, viloyat hokimi Zoyir Mirzaev ertaga ushbu vaziyat va vohamizda koronavirus bilan bog`liq masalalarga doir axborotlarni jurnalist hamda blogerlar orqali aholiga etkazish maqsadida BRIFING o`tkazadi. 

    Boshqa yangiliklar