Sal avval poytaxtlik 54 yoshli ayolning koronavirusdan vafot etganini xabar qilgan SSV ayni paytda qarshida ham 64 yoshli erkak ushbu xastalik sabab olamdan o`tganini ma`lum qildi.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 64 yoshli A.A. (erkak)da “COVID-19” tasdiqlangach, u viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, sepsis, poliorgan etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.
Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o`tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.






