AsosiyJamiyat

Prezident koronavirusga qarshi kurashda kasallik yuqtirib vafot etgan 6 nafar xodimni "Jasorat" medali bilan taqdirladi

'Prezident koronavirusga qarshi kurashda kasallik yuqtirib vafot etgan 6 nafar xodimni "Jasorat" medali bilan taqdirladi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek,  Prezident Shavkat Mirziyoev «Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko`rsatgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to`g`risida»gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etib, kasallik oqibatida vafot etgan bir qator soha vakillari «Jasorat» medali  bilan mukofotlandi.

Djumaniyazova Zulfiya Yuldashovna (marhum) — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog`iston filiali nevrologiya bo`limi katta hamshirasi;

Nafasov Shavkat Nasirovich (marhum) — Ichki ishlar vazirligi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining bo`lim boshlig`i;

Tuxtaeva Feruza Askarovna (marhum) — Olmazor tumanidagi 18—oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi, Toshkent shahri;

Uralov Alisher Tashkuvatovich (marhum) — Yakkasaroy tumanidagi markaziy poliklinikasi ultratovush tashxisi shifokori, Toshkent shahri;

Xamraqulov Botir Jabborovich (marhum) — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktorining davolash ishlari bo`yicha o`rinbosari;

Shamaxmudov A`loxon Abzalovich (marhum) — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Moliya va moddiy—texnika ta`minoti boshqarmasi bo`lim boshlig`ining o`rinbosari.

    Boshqa yangiliklar