O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboevaning bugun tug`ilgan kuni.
U 1956 yil 24 iyulda Andijon viloyatida tug`ilgan.
Tanzila Norboeva 1981 yil Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1974 yil Shahrixon tumanidagi maktabda o`qituvchilik bilan boshlagan. 1975-1995 yillar davomida ta`lim muassasalari, tashkilotlarda turli lavozimlarda va Xalq demokratik partiyasida faoliyat olib borgan.
Tanzila Norboeva 1995-2010 yillar davomida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda mehnat qilgan. 2010-2016 yillarda O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi raisi bo`lgan.
Tanzila Norboeva 2019 yil Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Senat Raisi lavozimiga saylangunga qadar (2016-2019 yillar) O`zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimida ishlagan.
Tanzila Norboeva “Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan.






