Farg`ona viloyatida 500 ming so`m pora talab qilgan Transport boshqarmasi inspektori ushlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, Farg`ona viloyat transport boshqarmasi inspektori M.A. fuqaro S.R. boshqaruvidagi avtomashinani to`xtatib, karantin qoidalariga rioya qilmaganligi uchunviloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markaziga olib bormaslik va qonuniy chora ko`rmaslik evaziga fuqaro F.S. orqali 500 ming so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan boshqarma inspektor M.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “a, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






