Latviyaning Riga shahrida o`tkazilgan “Debyut Premium-2015” xalqaro ko`rik-tanlovida Samarqand viloyatida faoliyat ko`rsatayotgan bolalar musiqa va san`at maktablari o`quvchi-yoshlari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Mazkur tanlovda 5 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan ishtirokchilar xoreografiya va vokal yo`nalishlari bo`yicha bellashdilar. 6 davlatdan tashrif buyurgan 300 dan ortiq yosh iste`dodlar orasida samarqandlik yoshlarning chiqishlari e`tirofga sazovor bo`ldi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar beradi.
Ko`rik-tanlovda Samarqand shahridagi 1-son bolalar musiqa va san`at maktabi o`quvchisi Madina Qanoatova xalq raqsi yo`nalishi bo`yicha Gran-priga sazovor bo`ldi.
Shuningdek, Pastdarg`om tumanidagi 11-son bolalar musiqa va san`at maktabining “Nozanin” raqs jamoasi hamda tumandagi 34-son bolalar musiqa va san`at maktabi o`quvchisi Munisa Qurbonnazarova tanlovda birinchi o`rinni egallashdi.





