Bugun Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonliko`l tumani hokimi Daulet Ayapbergenovich Tolibaev olamdan o`tdi.
Ma`lum qilinishicha, D.Tolibaev bir necha kun oldin koronavirusga chalinib, kasalxonaga yotqizilgan edi. Biroq, ko`rsatilgan muolajalarga qaramasdan bemor vafot etdi.
D.Tolibaev 1983 yil 18 oktyabrda Nukus shahrida tug`ilgan. O`zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2004 yilida boshlab, uzoq yillar irrigasiya sohasida turli tashkilotlarda, jumladan Qoraqalpog`iston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
D.Tolibaev 2019 yildan buyon Qonliko`l tumani hokimi edi.
Marhumning oila a`zolariga chuqur hamdardlik izhor qilamiz.