Joriy yil 23-24 iyul kunlari Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Evropa davlatlarida vaqtincha bo`lib turgan va COVID-19 tufayli yurtimizga qayta olmagan vatandoshlarimiz Toshkent-Frankfurt-Toshkent yo`nalishidagi maxsus reys bilan Vatanga qaytarildi
«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi tomondan tashkil etilgan mazkur charter reys bortidan Germaniya, Shvesiya, Shveysariya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Norvegiya va Belgiya bo`lb turgan 200 nafar talaba, sayyohlar, qarindoshlarining uylarida vaqtincha bo`lib turgan yurtdoshlarimiz, shuningdek yurtimizdagi turli ishlab chiqarish koorxonalarining xorijiy mutaxassislari joy oldi.
Belgilangan qoidalarga muvofiq barcha yo`lovchilar 14 kunlik karantinni maxsus muassasalarda yoki o`z xohishiga binoan Toshkent shahridagi mehmonxonalarda o`tkazadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Ta`kidlash kerak-ki, Frankfurt-Toshkent yo`nalishida bundan avval tashkil etilgan charter reys bilan 170 nafar yurtdoshimiz Vatanga qaytarilgan edi.
O`zbekiston Respublikasining Germaniya va Benilyuks davlatlaridagi diplomatik vakolatxonalari Evropa davlatlari hududida doimiy va vaqtinchalik yashayotgan fuqarolarimizga pandemiya davrida imkon qadar qulay shart-sharoitlar yaratish doirasida tegishli ishlarni faol davom ettirmoqda.
O`z navbatida, COVID-19 bilan bog`liq vaziyatning yaqin kelajakda yaxshilanishi va Toshkent-Frankfurt-Toshkent havo qatnovining qayta tiklanishiga umid qilgan holda Germaniyadan O`zbekistonga tashkil qilinadigan navbatdagi charter reyslarga ro`yxatga turish bo`yicha Berlin shahridagi elchixona yoki Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonaga, shuningdek, O`zbekistanning Bryusseldagi (Belgiya) elchixonasiga murojaat qilish mumkinligini yana bir bor eslatib o`tamiz.
Konsullik xodimlarining aloqa uchun ma`lumotlarni diplomatik vakolatxonalarimizning veb-saytlaridan olishingiz mumkin.






