AsosiyJamiyat

Koronavirus qayd etilgan namanganlik 62 yoshli bemor bugun vafot etdi. Unda 2-turdagi qandli diabet ham bo`lgan

'Koronavirus qayd etilgan namanganlik 62 yoshli bemor bugun vafot etdi. Unda 2-turdagi qandli diabet ham bo`lgan'ning rasmi

SSV ma`lumotiga ko`ra koronavirusga chalingan namanganlik 62 yoshli bemor ham bugun o`tkir nafas va yurak-qon  tomir etishmovchiligidan vafot etdi. 

Namangan viloyati Namangan shahrida yashagan 62 yoshli J.Sh. (ayol)da “COVID-19” tasdiqlangach, u viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir nafas va yurak etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.  

Shuningdek, bemor qandli diabet (II tip, insulinga muhtoj shakli), bronxial astma kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

20 iyul kuni bemorning ahvoli og`irlashib, unga o`pka-yurak reanimasiyasi o`tkazilgan hamda sun`iy nafas berish apparatiga ulangan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o`tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Biroq asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og`irlashib, mutaxassislar tomonidan to`liq hajmda, standart asosida o`tkazilgan reanimasion choralar samara bermay, u o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar