AsosiyJamiyat

Sportchilar Prezident Shavkat Mirziyoevga tabrik yo`lladi

'Sportchilar Prezident Shavkat Mirziyoevga tabrik yo`lladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tavallud kuni munosabat bilan bir guruh sportchilarimiz davlatimiz rahbarini bugungi ayyom bilan samimiy muborakbod etishdi.

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Avvalo Sizni bugungi qutlug` sana munosabati bilan mamlakatimiz sport jamoatchiligi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Sir emaski, Sizning rahbarligingiz ostida jonajon O`zbekistonimiz o`z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko`tarildi va bunga barchamiz guvoh bo`lib turibmiz.

Jahon hamjamiyatida o`zining munosib o`rnini topishga intilayotgan respublikamizda iqtisodiy-ijtimoiy sohalar bilan bir qatorda jismoniy tarbiya va sportga ham alohida e`tibor qaratilmoqdaki, bundan barchamiz behad mamnunmiz.

Pandemiya sharoitida, qolaversa mamlakatimiz uchun sinovli kelgan joriy yilda ham Sizning rahnamoligingiz ostida biz sportchilarga barcha sharoitlar bekamu-ko`st yaratib berilmoqda. Buning uchun Sizga o`z minnatdorligimizni bildiramiz va jahon arenalarida mustaqil O`zbekiston bayrog`ini yanada yuqori ko`tarishga astoydil harakat qilamiz. Zotan, har bir davlatni kuch va qudratini belgilovchi asosiy omil – bu jismonan sog`lom va har tomonlama rivojlangan avloddir, deb bejiz aytmagansiz va biz sporchilar ana shu ishonch va mehr-muhabbatingizga o`z g`alabalarimiz bilan javob qaytaramiz.

Yana bir bora tug`ilgan kuningiz muborak bo`lsin!

O`zbekiston Respublikasi sportchilari nomidan

    Boshqa yangiliklar